🛒 0

Yangi va Saralangan Kitoblar

Qulog'im senda qizim

Qulog'im senda qizim

Abdulloh Abdulmu'tiy, Huda Sa'id Bahlul

99000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Qulog'im senda qizim

Qulog'im senda qizim

Muallif: Abdulloh Abdulmu'tiy, Huda Sa'id Bahlul

99000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Abdulloh Abdulmuʼtiy, Huda Saʼid Bahlul tomonidan yozilgan mazkur kitob qizlarimiz hayotda duch kelayotgan qiyinchiliklar, sinovlar haqidadir. Bu holatlarda qizlar qanday yo‘l tutishi kerakligi kitobchada hayotiy tajribalar asosida amaliy ko‘rsatmalar berilgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kitob faqat qizlar uchun mo‘ljallanmagan. Kitobdagi maʼlumotlar, o‘gitlar, tavsiya va tajribalar nafaqat o‘smir qizlar, balki katta yoshdagi ayollar uchun ham, onalar uchun ham foydalidir. Ayni paytda kitobni onasi, ayoli, opa-singlisi, qizi bor erkaklar ham o‘qishi tavsiya qilamiz. Kitobda qizlarning ichki dunyosiga, feʼl-atvoriga oid ko‘plab maʼlumotlar, qizlar hayotida ko‘p duch keladigan muammolar berilganki, ko‘pchilik erkaklarimiz bulardan bexabardir. Kitobni yosh yigitlar, otalar ham o‘qisa, ayol kishining nimadan xursand bo‘lib, nimadan xafa bo‘lishi, uni nima mahzun qilishi va yana shu kabi turli holatlarni yaxshiroq tushunib, ularga munosib yechim topa oladilar, ahli oila bilan muomala qilishda, tarbiyasi o‘ta nozik sanalgan qiz farzandlarini voyaga yetkazishda qiynalmaydilar, inshaalloh.
🛒 Savatchaga solish
×
Xolid ibn al-Valid, Yengilmas qo'mondon

Xolid ibn al-Valid, Yengilmas qo'mondon

Muallif: Ali Ibrohim Akra

107000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Pokistonlik tadqiqotchi, general-leytenant Ali Ibrohim Akramning “Xolid ibn al-Valid. Yengilmas qo‘mondon” nomli kitobi — islom tarixidagi muhim shaxslardan biri bo‘lgan Xolid ibn al-Validning hayoti va harbiy muvaffaqiyatlariga bag‘ishlangan tarixiy-badiiy romandir. Ushbu asar islom dini uchun olib borilgan janglar tarixini yoritib, musulmon qo‘mondonlarining jasorati va strategik mahoratini ko‘rsatadi. Kitob tarixiy manbalarga asoslanib, jang maydonlarining aniq tasviri va muallifning shaxsiy dalolatlari bilan boyitilgan. Xolid ibn al-Valid — Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning zamondoshi, Makkadan bo‘lgan Quraysh qabilasi vakili, dastlab islomga qarshi jang qilgan, ammo keyinchalik uni qabul qilib, islomning eng buyuk sarkardalaridan biriga aylangan. Ushbu kitob uning Uxud jangidan tortib Iroq va Suriyani ozod qilishgacha bo‘lgan faoliyatini yoritib, u haqidagi qarama-qarshi fikrlarni rad etadi va uning islom tarixidagi muhim rolini aniq ko‘rsatadi.
🛒 Savatchaga solish
×
Habibimiz oramizda bo'lsalar

Habibimiz oramizda bo'lsalar

Muallif: Ahmad Shuqayriy

65000 so'm

Kitob haqida tavsif:

"Men suyukli Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayot yoʻllarini, siyratlarini oʻrganar ekanman, bugungi kunimizga oʻxshash juda koʻp holatlarga guvoh boʻlaman. Lekin koʻpchilik insonlar buni bilmaydilar. Men Rasuli akram alayhissalomga haqiqiy maʼnoda ergashishni hayot tarzimizga aylantirishni istadim.Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bugungi kunda qanday hayot kechirishimiz zarurligini oʻrganishimiz va buni bayon qilishni xohladim. Jamiyatimizda ildiz otgan muammolarga, gʻam-gussalarga qay darajada barham berishni bilish uchun habibimizdan taʼlim olish lozimligini ochiqlashga harakat qildim." Muallifdan
🛒 Savatchaga solish
Jannat va do'zax sifatlari

Jannat va do'zax sifatlari

Qur'on va hadislardan to'plangan

65997 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Jannat va do'zax sifatlari

Jannat va do'zax sifatlari

Muallif: Qur'on va hadislardan to'plangan

65997 so'm

Kitob haqida tavsif:

Ushbu kitobida jannat va do‘zax hamda ularning sifatlari haqida oyati karimalar, hadisi shariflar atroflicha bayon qilingan. Jannat ahli jannatda, do‘zax ahli jahannamda abadiy qoladi. Bunga hech qanday shak-shubha yo‘q. Faqat do‘zaxga tushgan osiy mo‘mingina gunohiga yarasha jazoni olgach, jannatga kirgiziladi. Mazkur asarni mutolaa qilgan kishi beixtiyor dimog‘ida xushbo‘y hidlarni, ayniqsa, jannat iforlarini tuysa, ajab emas.
🛒 Savatchaga solish
Qur'ondan maktublar

Qur'ondan maktublar

Adham Sharqoviy

89000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Qur'ondan maktublar

Qur'ondan maktublar

Muallif: Adham Sharqoviy

89000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Gunohga qo'l uray deganingda oldingdan bir mayitni ko'tarib o'tishadi. Ichingdan titrab joyingda qotasan. Bosar-tusaringni bilmay qolganingda bir kasallikka giriftor bo'lasanu o'zingga kelasan. Insonlarga haddan ziyod suyanib yuborganingda ular senga xiyonat qilishadi, keyin aqling kiradi. Gohida gunohlaring tufayli g'amga botib qolasan. Allohning rahmati keng ekani haqida bir oyat eshitasan va u qalbingga malham bo'ladi. Boshing qotib turganda mushkulingga yechim bo'ladigan hadis eshitasan. Unga amal qilasanu ishlaring o'z yo'liga tushib ketganini ko'rasan. Bularning bari Allohning senga yo'llagan maktublaridir. Ushbu <<Qur'ondan maktublar» nomli kitobim Alloh bizni O'ziga qaytarish uchun doim maktublar yo'llab turishiga ishongan har bir musulmonga bag'ishlanadi.
🛒 Savatchaga solish
Ali va Fotima

Ali va Fotima

Ali Haydar Zug'urlu

59000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Ali va Fotima

Ali va Fotima

Muallif: Ali Haydar Zug'urlu

59000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Bu risolada Ali va Fotima roziyallohu anhumolarning maskan odoblari saxix qavllar ila yoritilib,sevgi,muhabbat va oila ular nazdida qanday ahamiyat kasb etgani bayon qilingan.Kitob nikoh va oilaning ahamiyati,juftlarning bir-biri oldidagi burch va masuliyatlari, tinch-totuv umrguzaronlik qilish sirlari xaqida ma'lumot beradi. Shu bilan birga undan ahloq va adab minoralari tobora nurab borayotgan bugungi jamiyatda xusni xulqni,xayo va iffatni muhofaza qilish,odob doirasida yashashga doir xayotiy tavsiyalar taqdim etiladi.
🛒 Savatchaga solish
Iymon

Iymon

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

63000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Iymon

Iymon

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

63000 so'm

Kitob haqida tavsif:

«...Allohning borligiga eng ulkan dalillardan biri galaktikamizdir. O‘zimiz yashab turgan Yer va uning atrofidagi son-sanoqsiz yulduzlar haqida fikr yuritib, o‘ylab ko‘rsak, kishini hayratga soladigan darajada ajoyibotlarni ko‘ramiz. Ularga insof bilan nazar solgan kishining qalbida yaratuvchining ulug‘ligiga bo‘lgan iymon-ishonch ziyoda bo‘lmasdan iloji yo‘q. Qurʼoni Karimdagi ko‘pgina oyatlar ham insonni mana shu borliqning yaratilishiga, osmonu yerga nazar solib, fikr yuritishga va ularning sirlarini bilib, o‘zining iymonini baquvvat qilib, shak-shubhalarini o‘zidan yiroqlashtirishga chaqiradi....»
🛒 Savatchaga solish
Sahifa 1 / 1

Xarid Savatchangiz

🛒

Savatchangizda hozircha kitoblar yo'q.

Jami Hisob

Kitoblar summasi: 0 so'm
Yetkazib berish: 0 so'm
Umumiy qiymat: 0 so'm
Buyurtmani rasmiylashtirish
×

Yetkazib berish ma'lumotlari