🛒 0

Yangi va Saralangan Kitoblar

Qora pul imperiyasi

Qora pul imperiyasi

Jorj Armstrong

63000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Qora pul imperiyasi

Qora pul imperiyasi

Muallif: Jorj Armstrong

63000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Siz bilgan mamlakatlarning, siz bilmagan sirlari Mazkur asar 1940-yilda yozilgan boʻlib, unda jahon pul tizimi va uning ortidagi yashirin kuchlar haqida soʻz boradi. “Qora pul imperiyasi” — pul orqali dunyo taqdiri qanday belgilanishini, kimlar hokimiyatga ega ekanini va hayotimizga ta’sir oʻtkazuvchi noyob mehanizmlarni ochib beradi. Muallif markaziy banklar, foiz tizimi va dunyoning eng kuchli moliyaviy elitalari qanday qilib davlatlar, siyosat va hatto inson tafakkurini boshqarayotganini tahlil qiladi.
🛒 Savatchaga solish
1945

1945

Jorj Oruell

49000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
1945

1945

Muallif: Jorj Oruell

49000 so'm

Kitob haqida tavsif:

1945 yilning 15 fevralida Jorj Oruell vayron bo'lgan Yevropa hayoti to'g'risida guvoh o'laroq hikoya qilib berish uchun harbiy muhbir sifatida Germaniyaga yo'l oldi. Ushbu kitobda uning qirqinchi yillardagi jahon urushi, uning qiymati va oqibatlari to'g'risidagi yorqin va chuqur mulohazalari ilk bor jamlangan. U 1936-1937 yillarda Ispaniyada frankochilar bilan bo'lgan janglarda qatnashgan paytlaridayoq urush uning radio hamda gazetalardagi chiqishlarining qoq markazida edi. 1944 yilda Oruell oilasi bilan yashayotgan uy nemis bombalari bilan vayron etildi. G'animlardan nafratlanish uchun yozuvchida sabablar ko'p edi. Biroq, o'z publisistik ishlarida u eng avvalo kelajak haqida o'ylaydi va barcha insonlar uchun qonli urushning boshi berk yo'lidan va parokandalikdan chiqish yo'llarini izlaydi. Ushbu kitobga Oruellning 25 ta ishi, jumladan, "Intiqom tufayli qotillik", "Qasos jirkanchdir" kabi mashhur maqolalari va Gitlerning "Mening kurashim" kitobiga yozilgan taqrizi kiritilgan.
🛒 Savatchaga solish
1985

1985

Entoni Berjess

79000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
1985

1985

Muallif: Entoni Berjess

79000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Entoni Byorjess - o‘zbek kitobxoni uchun yangi nom. “1985” romani adibning o‘zbek tiliga o‘girilgan ilk katta asaridir. Mazkur kitob va muallifning boshqa asarlaridan bilish mumkinki, Antiutopiya Byorjessning sevimli janri. Kollektiv xotira ustidan nazorat o‘rnatgan davlat, hurfikrli shaxsning ko‘ksidan itargan jamiyat, ziyolilari ko‘chada tilanchilik, axlat titish bilan shug‘ullanayotgan, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan hukumat. Bir qarashda kitobxonning yuragi orqaga tortib ketadi. Ammo roman keng mushohadaga chorlashi bilan ahamiyatlidir. Bosh qahramon Bev Jonsning har qanday jimjimador bo‘yoqlar, majburan qo‘shilgan ijobiy sifatlardan holi tarzda, bor buy-basti bilan tasvirlanishi, yozuvchining sovuqqon uslubi, eng muhimi, asar taqdim etayotgan yangi g‘oya Siz, aziz kitobxonlarni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
🛒 Savatchaga solish
Iblislar

Iblislar

Fyodor Dostoyevskiy

80300 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Iblislar

Iblislar

Muallif: Fyodor Dostoyevskiy

80300 so'm

Kitob haqida tavsif:

Har qanday, boz ustiga ijodkor inson hayotida bo‘lganidek, muhabbat kechinmalari Dostoyevskiy ijodiga shubhasiz taʼsir ko‘rsatgan. Dostoyevskiy o‘zi sevgan ayollarning, masalan,Mariya Dmitriyevnaning fazilatlarini asarlari qahramonlari: Katerina Marmeladova, Katerina Verxovenskaya va Nastasya Filippovnaga singdirib yuborgan.
🛒 Savatchaga solish
Molxona

Molxona

Jorj Oruell

30000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Molxona

Molxona

Muallif: Jorj Oruell

30000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Jorj Oruell (ingl. George Orwell, haqiqiy ismi-sharifi Erik Artur Bler) — ingliz yozuvchisi bo‘lib, g‘ayrixayoliy “1984” romani va “Molxona” rivoyat-qissasining muallifidir. Jorj Oruell “Molxona” asarini 1943 yil noyabridan to 1944 yil fevraligacha yozgan va 1945 yil avgustida eʼlon qilgan. Kitobni har bir inson o‘qishi va mulohaza qilishi lozim: nega bu dunyomiz shunday, u aslida qanday bo‘lishi kerak... "Molxona“ jahon adabiyoti tarixidagi eng muvaffaqiyatli va bahsli asarlardan biri hisoblanadi. Asar g‘oyasidan kelib chiqib asosiy namuna sifatida SSSR olinganligini faraz qilish mumkin.
🛒 Savatchaga solish
1984

1984

Jorj Oruell

49000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
1984

1984

Muallif: Jorj Oruell

49000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Yangi nashr ingliz tilidan qayta tahrir qilingan va imlo xatolari toʻgʻrilangan. Jorj Oruellning ushbu romani ilk bora oʻzbek tiliga tarjima qilinib kitobxonlar eʼtiboriga yetkazilmoqda. "1984" romani "BBS talqinidagi eng yaxshi 200 ta kitob" roʻyxatida sakkizinchi oʻrinni, Newsweek tomonidan insoniyat tarihidagi eng yaxshi kitoblar reytingida 2-oʻrinni egallagan. 2017-yilda ushbu kitob AQSHda eng koʻp sotilgan kitob hisoblanadi. Asarning bunchalar shuhrat qozonishiga sabablarni kitobni oʻqish mobaynida bilib olishingiz mumkin.
🛒 Savatchaga solish
Sahifa 1 / 1

Xarid Savatchangiz

🛒

Savatchangizda hozircha kitoblar yo'q.

Jami Hisob

Kitoblar summasi: 0 so'm
Yetkazib berish: 0 so'm
Umumiy qiymat: 0 so'm
Buyurtmani rasmiylashtirish
×

Yetkazib berish ma'lumotlari