🛒 0

Yangi va Saralangan Kitoblar

Qizil tabletka

Qizil tabletka

Andrey Kurpatov

79000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Qizil tabletka

Qizil tabletka

Muallif: Andrey Kurpatov

79000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Haqiqiy dunyo biz o'ylagandek emas, aslida. Bazan o'zimiz istagan hayotda yashamayotganimizni his etamiz. Go'yo Matrisada nosozlik yuz bergandek: yolg'izlikdan, hayotning manosizligidan aziyat chekamiz, chin istaklarimizni anglay olmay qolamiz. Boshqa, eng yaxshi hayotda yashashni xohlaymiz. Biroq, buni qay tarzda amalga oshirishni bilmaymiz. Gap shundaki, bizga baxt, muvaffaqiyat va sevgi haqida juda ko'p so'zlangan, biroq quvonchli hissiyotlar vaqtincha ekanini, muvaffaqiyat aslida chetdan ko'ringanidek emasligini, har qanday extiros esa, pushaymonlik bilan yakun topishini aytib, hech kim bizni ogohlantirmagan. Haqiqat bu. Kimdir "qizil dori"ni qabul qilishga tayyor, kimdir esa, o'zini "ko'k dori" - illyuziya va jaholat bilan zaharlashda davom etadi. Darvoqe, "ko'k dori"ni hattoki tanlashga ham hojat yo'q-ku, bu bizga tabiatan xos. Biroq, "qizil dori"ni, yani haqiqatni tanlash, qabul qilish, hazm qilish va murakkab ichki o'zgarishni boshdan o'tkazish kerak. Tabiiyki, mas'uliyat tanlov qilayotgan insonda bo'ladi.
🛒 Savatchaga solish
Telba

Telba

Fyodor Dostoyevskiy

55000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Telba

Telba

Muallif: Fyodor Dostoyevskiy

55000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Eʼtiboringizga havola etilayotgan roman – “Telba”ni turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. Nashriyotimiz tomonidan taqdim etilayotgan bu yirik asar 35 yillik tanaffusdan so‘ng o‘z o‘quvchilari bilan qaytadan diydor ko‘rishdi. Asarning qimmati nimada? Nima uchun “Telba”ni o‘qigan kitobxon daho ijodkor – Dostoyevskiy ijodiga qayta murojaat qilishga o‘zida kuchli maʼnaviy ehtiyoj sezadi? Kitob qahramoni telba, darvish bo‘lgani holda o‘quvchini qaysi jozibasi bilan o‘ziga tortadi? Javoblar bisyor. Hamma zamonlarda bo‘lgan, hamma zamonlarda uchraydigan – manfaatparast, boylikka mukkasidan ketgan johillar orasida yashab, insoniylik mohiyatini saqlab qolgan, odamlarga hamisha hamdard bo‘lolgan, buyuk qalbi bilan yashagan knyaz Mishkin (telba); hayotining o‘ta murakkab va mushkul damlarida zohiran juda go‘l va zaif ko‘ringan qahramonimizga qalban muhtojlik sezgan Nastasya Filippovna, Aglaya kabi asarning tayanch qahramonlari mutolaa yakuniga qadar o‘quvchining diqqat markazida turadi. Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin fursat o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qalbni poklashga bo‘lgan daʼvat, tuyg‘ularni eʼzozlash, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmasdan yashash kerakligi haqidagi taʼkidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o‘quvchi uchun yangilik bo‘lib qolaveradi.
🛒 Savatchaga solish
Atom odatlar

Atom odatlar

Jeyms Klir

79000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Atom odatlar

Atom odatlar

Muallif: Jeyms Klir

79000 so'm

Kitob haqida tavsif:

New York Timesʼning birinchi raqamli bestselleri. Dunyo bo'ylab 2 yilda 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan! Sizga hayotingizni o'zgartirishda muhim bo'lgan ajoyib kitobni ona tilimizda taqdim etishdan xursandmiz. Nima maqsad qoʻyganingizdan qatʼiy nazar, ushbu kitob sizga har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish boʻyicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos boʻlish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni oʻrgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi.
🛒 Savatchaga solish
Qizil ajdarho

Qizil ajdarho

Tomas Harris

75000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Qizil ajdarho

Qizil ajdarho

Muallif: Tomas Harris

75000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Federal qidiruv byurosi ruhiy xasta jinoyatchilar shifoxonasida hibsda saqlanayotgan ruhshunos shifokor Gannibal Lekterning yordamiga muhtoj. Qobiliyatli izquvar Uill Grexem "Qotilni qotil tuta oladi" degan tamoyilga asoslanib, Amerika Qo'shma Shtatlarini zir titratayotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishda yordam beradi. Axir o'zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo'la turib, Gannibal Lekter nega boshi berk ko'chaga kirib qolgan, mamlakatning manaman degan izquvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini berishga rozi bo'lishi mumkin? Qamoqxonaning zerikarli muhitidan to'ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo'ladi. U Federal qidiruv byurosi izlayotgan jinoyatchini qo'lga olib, o'zidan-da aqlliroq qotil yo'qligini isbotlamoqchi bo'ladi.
🛒 Savatchaga solish
×
Qo'zichoqlar sukunati

Qo'zichoqlar sukunati

Muallif: Tomas Harris

69000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning «Qo'zichoqlar sukunati» o'tkir syujetli detektiv asari xalqaro bestseller hisoblanadi. Zamonaviy psixologik triller janriga oid mazkur kitob o'n sakkiz yoshdan oshgan kitobxonlarga mo'ljallangan. Voqealar rivoji o'quvchiga yovuz jinoyatchilarning ichki olami, qarashlari, o'ziga xos jihatlarini tanitadi. Seriyali qotilliklar sodir etgan noma'lum shaxs ortidan tushgan jasur va qat'iyatli kursant qiz Kleris Starling qo'lga kiritgan dalillar yechimi va mantiqiy xulosalari, umuman olganda igna bilan quduq qazishdek murakkab izlanishlari oxir-oqibatda, o'z samarasini beradimi? Kasbi tikuvchi bo'lgan qotil erkak nega faqat aynan ayollarni qurbon sifatida tanladi? Kursant qizning tushlariga bot-bot kirib bezovta qiluvchi, bolalikdagi ruhiy olami og'riqlaridan meros - tun zulmatidagi qo'zichoqlarning zorlanib ma' rashi barham toparmikan? Asarning shiddatli, qo'rqinchli, kutilmagan burilishlarga boy zavqli mutolaasi orqali ana shu savollarga javob topishingiz mumkin.
🛒 Savatchaga solish
Matin Iden

Matin Iden

Jek London

55000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Matin Iden

Matin Iden

Muallif: Jek London

55000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Yozuvchi Jek London bir qarashda Martin Iden timsolida o‘zini tasvirlaydi. Hayot naqadar og‘irligi, mehnat qattiqligi, ishonch poymol bo‘lishi, muhabbat sarobga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Inson asli qadrlashi kerak bo‘lgan tuyg‘ular, munosabatlar jamiyatdagi noqisliklar sabab oyoqosti bo‘lishi hech gap emasligini aytmoqchi bo‘ladi. O‘quvchiga buni uqtira oladi ham.
🛒 Savatchaga solish
Sahifa 1 / 1

Xarid Savatchangiz

🛒

Savatchangizda hozircha kitoblar yo'q.

Jami Hisob

Kitoblar summasi: 0 so'm
Yetkazib berish: 0 so'm
Umumiy qiymat: 0 so'm
Buyurtmani rasmiylashtirish
×

Yetkazib berish ma'lumotlari