🛒 0

Yangi va Saralangan Kitoblar

Dunyoning ishlari

Dunyoning ishlari

O'tkir Hoshimov

34000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Dunyoning ishlari

Dunyoning ishlari

Muallif: O'tkir Hoshimov

34000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Odam ko‘pincha o‘z yaqinlarining qadriga yetmaydi. Ayniqsa onaning qadrini bilmaslik yosh o‘tganda pushaymonlik keltirishi mumkin. Shu maʼnoda "Dunyoning ishlari" asarini kishi ulg‘ayganda tuyadigan ona armoni deyish mumkin. Asardan paydo bo‘ladigan katta xulosa ham aslida shu. Shu bilan birga asar dunyoning, yaqin insonlarning qadriga yetishga, hayotning maʼno-mazmunini teranroq anglashga, ona oldidagi farzandlik burchi va masʼuliyatini tuyishga o‘rgatadi. "Dunyoning ishlari" yuqorida aytilgan sababi tufayli qo‘ldan qo‘ymay o‘qilayotgan bo‘lsa kerak ehtimol.
🛒 Savatchaga solish
Ikki eshik orasi

Ikki eshik orasi

O'tkir Hoshimov

39000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Ikki eshik orasi

Ikki eshik orasi

Muallif: O'tkir Hoshimov

39000 so'm

Kitob haqida tavsif:

"Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi - to‘rt enlik", degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik ? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi - to‘rt enlik ekan . Eshitganingga emas,ko‘rganingga ishon... Maqsad - shu. Bu kitobdagi ko‘p odamlarni o‘zim ko‘rganman. Ko‘plari bilan gaplashganman. Baʼzilarining o‘zi bilan, baʼzilarining... ruhi bilan... Baʼzilari nimani gapirgan bo‘lsa, shuni qog‘ozga tushirdim. Baʼzilari nima gapirganini emas, nima o‘ylaganini yozishga majbur bo‘ldim. (Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolg‘on gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini o‘ylaydi.) Xullas, bu savdolar ko‘p yillar davomida ko‘p kishilarning boshidan kechgan. Ular ustidan hukm chiqarish - sizlarga havola... Tilimning uchida turgan yana bir andishani aytmasam bo‘lmaydi. Ehtimol, siz bu kitobda fojia ko‘payibroq ketmadimikan, degan xayolga borarsiz. Nachora, avvalo, hayot- nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa o‘yin emas. Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi. Shundan bir yarim millioni bizning o‘zbeklar edi. Eng aziz, eng asl kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchilarning joniga chang solib qolmadi. minglab chaqirim naridagi odamlarni ham sinovdan o‘tkazdi. Negaki, biz bir xonadon aʼzolarimiz. Mushkul damlarda imonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz, aka-opalarimizning hayoti bugungi zamonda bizga o‘rnak bo‘lsa ne ajab !
🛒 Savatchaga solish
Tushda kechgan umrlar

Tushda kechgan umrlar

O'tkir Hoshimov

25000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Tushda kechgan umrlar

Tushda kechgan umrlar

Muallif: O'tkir Hoshimov

25000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Tinchlik qadri tarannumi El mehrini qozongan adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovнинг Tushda kechgan umrlar асарида afgʻon urushi voqealari va urush qatnashchilarining urushdan keyingi ruhiy kechinmalari bosh qahramon Rustam obrazi orqali yorqin va ta’sirchan tasvirlangan. Muallif urushning inson taqdiriga, ruhiyatiga va jamiyat hayotiga ko‘rsatgan og‘ir ta’sirini chuqur badiiy tahlil qiladi. Asarni mutolaa qilgan kitobxon tinchlikning naqadar buyuk ne’mat ekanini yana bir bor anglaydi va qadrlaydi.
🛒 Savatchaga solish
Yosh Verterning iztiroblari

Yosh Verterning iztiroblari

Yohan Volfgang Gyote

49000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Yosh Verterning iztiroblari

Yosh Verterning iztiroblari

Muallif: Yohan Volfgang Gyote

49000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Yuraklarni titratguvchi, larzaga solguvchi ushbu roman sevgi haqidagi hazin qo‘shiq kabidir. Pokiza qalbning yaralangan muhabbati hijron damlarida yonib-olovlanib, oqibatda muhabbat sohibi yosh Verterni xazon qiladi. Har satri sevgi bilan limmo-lim bo‘lgan, iztirobdan yaralgan maktublar shaklida roman qo‘lingiz to‘ridan o‘rin olishi aniq.
🛒 Savatchaga solish
O'tgan kunlar

O'tgan kunlar

Abdulla Qodiriy

75000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
O'tgan kunlar

O'tgan kunlar

Muallif: Abdulla Qodiriy

75000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo‘q. «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi.
🛒 Savatchaga solish
Oydin tunlar

Oydin tunlar

Fyodor Dostoyevskiy

47000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Oydin tunlar

Oydin tunlar

Muallif: Fyodor Dostoyevskiy

47000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir ko‘rsatgan adib Fyodor Dostoyevskiy to‘laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimi va insonlar taqdirini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera olgan nodir isteʼdod sohibidir. O‘zining roman va qissalarida fikrlarning keskin kurashini, g‘oya va dunyoqarashning to‘qnashuvini mahorat bilan tasvirlagan. Uning asarlari vazmin tasvir uslubi emas, akcincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi bilan ajralib turadi. Ushbu kitobga kiritilgan dastlabki ikki asarda adib insonning ruhiy holatini haqqoniy tasvirlaydiki, shunga ko‘ra muallifni RUHIYAT RASSOMI deb atasak, hech mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Kitob so‘ngida berilgan maktublarda esa yozuvchining ijod laboratoriyasidan bevosita boxabar bo‘lish mumkin!
🛒 Savatchaga solish
Kecha va kunduz

Kecha va kunduz

Abdulhamid Cho'lpon

58000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Kecha va kunduz

Kecha va kunduz

Muallif: Abdulhamid Cho'lpon

58000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga qariyb 80 yil bo‘lsa-da, ‎u hamon qo‘ldan-qo‘lga o‘tib kelmoqda. Mazkur asar ikki qisimdan iborat bo‘lib, dastlabki – ‎‎“Kecha” deb nomlangani qo‘lingizdagi kitobda aks etadi. “Bugun” deb atalgan ikkinchi qismi ‎haqida esa maʼlumotlar yo‘q.‎ Kitobda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga ‎xotinbozlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z intiqosini topgan. Bu kabi sifatlar ‎va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi.‎ Cho‘lpon dunyosi, uning olami, ijodidagi nafislik va serjilolik siz azizlarga manzur bo‘ladi, ‎degan umiddamiz.‎ Asar yoshlarning milliy maʼnaviyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
🛒 Savatchaga solish
Sahifa 1 / 1

Xarid Savatchangiz

🛒

Savatchangizda hozircha kitoblar yo'q.

Jami Hisob

Kitoblar summasi: 0 so'm
Yetkazib berish: 0 so'm
Umumiy qiymat: 0 so'm
Buyurtmani rasmiylashtirish
×

Yetkazib berish ma'lumotlari