🛒 0

Yangi va Saralangan Kitoblar

×
Sherlok Holmsning sarguzashtlari

Sherlok Holmsning sarguzashtlari

Muallif: Artur Konan Doyl

36000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Artur Konan Doyl (1859-1930)- ingliz yozuvchisi, mutafakkir va publisist, tibbiyot va huquq fanlari doktori, jahon adabiyotida detektiv va sarguzasht janrlarining benazir bilimdoni sifatida tanilgan mashhur adib. Ijodini "Sesassa vodiysining siri" (1879) hikoyasi bilan boshlagan. Konan Doylga bosh qahramoni izquvar Sherlok Xolms bo‘lgan detektiv janrdagi "Baskervillar iti", "Dahshatlar vodiysi" sarguzasht qissalari va "Sherlok Xolms sarguzashtlari" hikoyalar to‘plamlari beqiyos shuhrat keltirgan. Artur Konan Doylning e’tiboringizga havola etilayotgan "Mashhur izquvar Sherlok Xolmsning so‘nggi sarguzashtlari" va bir qator detektiv, psixologik va tarixiy hikoyalari mazkur adabiy janrlar sohasida qalam tebratuvchi adiblar orasida u chindan ham ustoz maqomida ekanligining isbotidir.
🛒 Savatchaga solish
Qizil ajdarho

Qizil ajdarho

Tomas Harris

75000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Qizil ajdarho

Qizil ajdarho

Muallif: Tomas Harris

75000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Federal qidiruv byurosi ruhiy xasta jinoyatchilar shifoxonasida hibsda saqlanayotgan ruhshunos shifokor Gannibal Lekterning yordamiga muhtoj. Qobiliyatli izquvar Uill Grexem "Qotilni qotil tuta oladi" degan tamoyilga asoslanib, Amerika Qo'shma Shtatlarini zir titratayotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishda yordam beradi. Axir o'zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo'la turib, Gannibal Lekter nega boshi berk ko'chaga kirib qolgan, mamlakatning manaman degan izquvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini berishga rozi bo'lishi mumkin? Qamoqxonaning zerikarli muhitidan to'ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo'ladi. U Federal qidiruv byurosi izlayotgan jinoyatchini qo'lga olib, o'zidan-da aqlliroq qotil yo'qligini isbotlamoqchi bo'ladi.
🛒 Savatchaga solish
×
Qo'zichoqlar sukunati

Qo'zichoqlar sukunati

Muallif: Tomas Harris

69000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning «Qo'zichoqlar sukunati» o'tkir syujetli detektiv asari xalqaro bestseller hisoblanadi. Zamonaviy psixologik triller janriga oid mazkur kitob o'n sakkiz yoshdan oshgan kitobxonlarga mo'ljallangan. Voqealar rivoji o'quvchiga yovuz jinoyatchilarning ichki olami, qarashlari, o'ziga xos jihatlarini tanitadi. Seriyali qotilliklar sodir etgan noma'lum shaxs ortidan tushgan jasur va qat'iyatli kursant qiz Kleris Starling qo'lga kiritgan dalillar yechimi va mantiqiy xulosalari, umuman olganda igna bilan quduq qazishdek murakkab izlanishlari oxir-oqibatda, o'z samarasini beradimi? Kasbi tikuvchi bo'lgan qotil erkak nega faqat aynan ayollarni qurbon sifatida tanladi? Kursant qizning tushlariga bot-bot kirib bezovta qiluvchi, bolalikdagi ruhiy olami og'riqlaridan meros - tun zulmatidagi qo'zichoqlarning zorlanib ma' rashi barham toparmikan? Asarning shiddatli, qo'rqinchli, kutilmagan burilishlarga boy zavqli mutolaasi orqali ana shu savollarga javob topishingiz mumkin.
🛒 Savatchaga solish
Molxona

Molxona

Jorj Oruell

30000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Molxona

Molxona

Muallif: Jorj Oruell

30000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Jorj Oruell (ingl. George Orwell, haqiqiy ismi-sharifi Erik Artur Bler) — ingliz yozuvchisi bo‘lib, g‘ayrixayoliy “1984” romani va “Molxona” rivoyat-qissasining muallifidir. Jorj Oruell “Molxona” asarini 1943 yil noyabridan to 1944 yil fevraligacha yozgan va 1945 yil avgustida eʼlon qilgan. Kitobni har bir inson o‘qishi va mulohaza qilishi lozim: nega bu dunyomiz shunday, u aslida qanday bo‘lishi kerak... "Molxona“ jahon adabiyoti tarixidagi eng muvaffaqiyatli va bahsli asarlardan biri hisoblanadi. Asar g‘oyasidan kelib chiqib asosiy namuna sifatida SSSR olinganligini faraz qilish mumkin.
🛒 Savatchaga solish
Matin Iden

Matin Iden

Jek London

55000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Matin Iden

Matin Iden

Muallif: Jek London

55000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Yozuvchi Jek London bir qarashda Martin Iden timsolida o‘zini tasvirlaydi. Hayot naqadar og‘irligi, mehnat qattiqligi, ishonch poymol bo‘lishi, muhabbat sarobga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Inson asli qadrlashi kerak bo‘lgan tuyg‘ular, munosabatlar jamiyatdagi noqisliklar sabab oyoqosti bo‘lishi hech gap emasligini aytmoqchi bo‘ladi. O‘quvchiga buni uqtira oladi ham.
🛒 Savatchaga solish
×
Tom Soyerning sarguzashtlari

Tom Soyerning sarguzashtlari

Muallif: Mark Tven

89000 so'm

Kitob haqida tavsif:

“Tom Soyerning sarguzashtlari” - bolalik, erkinlik va haqiqiy do‘stlik haqida yozilgan, avlodlar osha o‘qilib kelayotgan jahon adabiyotining durdonasi. Amerikalik mashhur yozuvchi Mark Tven asarlarini o‘qimagan kitobxon topilmasa kerak. Uning ijodi bolalar adabiyotining mumtoz namunalari qatoridan joy olgan va bugungi kungacha millionlab o‘quvchilarni o‘ziga rom etib kelmoqda. Mark Tven bolalar hayotini ortiqcha bezaklarsiz, sun’iy qahramonlarsiz, ularning sho‘xligi, qiziqqonligi, samimiyligi va ba’zan qaysarligini hayotiy va ishonarli tarzda tasvirlaydi. Shu bois uning qahramonlari har bir o‘quvchiga juda tez yaqin bo‘lib qoladi.
🛒 Savatchaga solish
Faust

Faust

Yohan Volfgang Gyote

62000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Faust

Faust

Muallif: Yohan Volfgang Gyote

62000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Buyuk olmon shoiri Gyotening «Faust» tragediyasi jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasidir. Adibning ushbu va boshqa barcha asarlarini ham dinlararo, madaniyatlararo, millatlararo bag‘rikenglik, Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi, umuminsoniyat maqsadlarining uyg‘unlashtirilgan namunasi, deyish mumkin.
🛒 Savatchaga solish
1984

1984

Jorj Oruell

49000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
1984

1984

Muallif: Jorj Oruell

49000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Yangi nashr ingliz tilidan qayta tahrir qilingan va imlo xatolari toʻgʻrilangan. Jorj Oruellning ushbu romani ilk bora oʻzbek tiliga tarjima qilinib kitobxonlar eʼtiboriga yetkazilmoqda. "1984" romani "BBS talqinidagi eng yaxshi 200 ta kitob" roʻyxatida sakkizinchi oʻrinni, Newsweek tomonidan insoniyat tarihidagi eng yaxshi kitoblar reytingida 2-oʻrinni egallagan. 2017-yilda ushbu kitob AQSHda eng koʻp sotilgan kitob hisoblanadi. Asarning bunchalar shuhrat qozonishiga sabablarni kitobni oʻqish mobaynida bilib olishingiz mumkin.
🛒 Savatchaga solish
Kecha va kunduz

Kecha va kunduz

Abdulhamid Cho'lpon

58000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Kecha va kunduz

Kecha va kunduz

Muallif: Abdulhamid Cho'lpon

58000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga qariyb 80 yil bo‘lsa-da, ‎u hamon qo‘ldan-qo‘lga o‘tib kelmoqda. Mazkur asar ikki qisimdan iborat bo‘lib, dastlabki – ‎‎“Kecha” deb nomlangani qo‘lingizdagi kitobda aks etadi. “Bugun” deb atalgan ikkinchi qismi ‎haqida esa maʼlumotlar yo‘q.‎ Kitobda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga ‎xotinbozlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z intiqosini topgan. Bu kabi sifatlar ‎va illatlar kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi.‎ Cho‘lpon dunyosi, uning olami, ijodidagi nafislik va serjilolik siz azizlarga manzur bo‘ladi, ‎degan umiddamiz.‎ Asar yoshlarning milliy maʼnaviyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
🛒 Savatchaga solish
G'arbu-sharq devoni

G'arbu-sharq devoni

Yohan Volfgang Gyote

45000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
G'arbu-sharq devoni

G'arbu-sharq devoni

Muallif: Yohan Volfgang Gyote

45000 so'm

Kitob haqida tavsif:

**"G'arb-u Sharq devoni"**ning tub mohiyati — G'arb ratsionalizmi (mantiqiy fikrlashi) va Sharq tasavvufiy falsafasining o'zaro sintezidir. Gyote ushbu asar orqali insoniyat madaniyati va ma'naviyati hududiy chegaralarga bo'linmasligini, aksincha, umuminsoniy qadriyatlar atrofida birlashishini isbotlashga harakat qilgan.
🛒 Savatchaga solish
« Birinchi Oldingi Sahifa 5 / 5

Xarid Savatchangiz

🛒

Savatchangizda hozircha kitoblar yo'q.

Jami Hisob

Kitoblar summasi: 0 so'm
Yetkazib berish: 0 so'm
Umumiy qiymat: 0 so'm
Buyurtmani rasmiylashtirish
×

Yetkazib berish ma'lumotlari