🛒 0

Yangi va Saralangan Kitoblar

Ular o'nta edi

Ular o'nta edi

Agata Kristi

45000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Ular o'nta edi

Ular o'nta edi

Muallif: Agata Kristi

45000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo‘q . Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda ‎detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham ‎kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o‘zi aynan shu ‎asarini eng yaxshisi deya eʼtirof etgani ham bejiz emas. ‎
🛒 Savatchaga solish
×
Tergovchi-O'g'rilangan bolalik

Tergovchi-O'g'rilangan bolalik

Muallif: Komil Sindarov

43000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Ijtimoiy tarmoqlar orqali jinoyatchilik, bezorilik, ayniqsa, qotillik sodir etilgani to‘g‘risidagi sovuq xabarlarni tinglar ekanmiz, odamlar nega insoniylikni yo‘qotib, qahri qattiqlashib borayotgani haqida o‘ylab qolamiz... Bir narsa aniqki, hayotda hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Aksincha, bola voyaga yetar ekan, oiladagi nosog‘lom muhit, ota onaning tarbiya masʼuliyatini his etmasligi, eʼtiborsizlik va loqaydlik kabi illatlar uning oxir-oqibat jinoyat ko‘chasiga kirishiga sabab bo‘ladi. Komil Sindarov qalamiga mansub «O‘zbek detektivi» ruknida nashr yuzini ko‘rgan yangi asar - «O‘g‘irlangan bolalik» yuqoridagi mulohazalar haqida so‘zlaydi. Kitobni varaqlar ekansiz, norasida go‘daklarning sirli ravishda yo‘qolib qolishi, gumondorlarning xatti-harakati jinoyat motiviga tasodifan mos kelishi va sizga yaxshi tanish bo‘lgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining ustalik bilan yo‘qotilgan qotillik izlari va dalillarini mohirlik bilan fosh etishdagi kasbiy mahorati asarni bir nafasda o‘qib chiqishingizga xizmat qiladi.
🛒 Savatchaga solish
Utopiya

Utopiya

Tomas Mor

65000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Utopiya

Utopiya

Muallif: Tomas Mor

65000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Tomas Morning "Utopiya" asari insoniyat orzularidagi mukammal jamiyat timsoli, adolat va tenglikka intilgan qalblar uchun ma'naviy yo'lchiroqdir. Muallif XVI asr Yevropasidagi ijtimoiy ziddiyatlar, boy va kambag'allar o'rtasidagi chuqur tafovutlar, adolatsiz tuzumlar fonida xayoliy bir orol davlati - "Utopiya"ni yaratadi. Bu davlatda xususiy mulk yo'q, mehnat teng taqsimlangan, ta'lim va tibbiyot umumiy, boshqaruv esa donolik va xala manfaatlariga asoslangan. "Utopiya" bu shunchaki tasavvur mahsuli emas, balki mavjud tartibga tanqidiy nigoh, odamzotning eng oliyjanob orzularini ifoda etuvchi falsafiy manifestdir. Mor bu asar orqali nafaqat siyosiy tizimlarni, balki insoniyatning o'z mohiyatini, axloqiy tamoyillarini ham muhokamaga tortadi. Asarning bugungi o'zbek o'quvchisi uchun qadrli jihati shundaki, u hali ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan - adolatga chanqoq, barqaror va erkin jamiyat qurishga intilgan har bir kishining fikr yuritishiga turtki beradi.
🛒 Savatchaga solish
Raqamli qal'a

Raqamli qal'a

Den Braun

69000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Raqamli qal'a

Raqamli qal'a

Muallif: Den Braun

69000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Asarda raqamli xavfsizlik, vatan xavfsizligi yoʻlida ishlaydigan jasur shaxslarning hayoti, ular uchraydigan xavf masalalari koʻtarilgan. Ushbu asarda ham vatanparvarlik, ham ehtirosli sevgi, ham qiziqarli maʼlumotlar, ham sizni oʻz dunyosiga sayohat qildiradigan ajoyib syujetni topasiz. Asar voqealari AQSH, Ispaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar hududida oʻtishi, voqealarning tez va kutilmagan rivoji sizni oʻziga maftun qiladi.
🛒 Savatchaga solish
Anomaliya

Anomaliya

Erve Le Tele

72000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Anomaliya

Anomaliya

Muallif: Erve Le Tele

72000 so'm

Kitob haqida tavsif:

"Anomaliya" shunchaki kitob emas, balki Fransiyaning eng nufuzli adabiy mukofotlaridan biri - Gonkur mukofoti sovrindori Erve Le Tellyening adabiy sensatsiyasi! Ushbu intellektual triller butun dunyo bo'ylab 1 milliondan ortiq nusxada sotilgan va 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan xalqaro bestsellerga aylandi. Tasavvur qiling: Parij-Nyu-York reysi, 2021-yil mart. Samolyot tushunarsiz turbulentlik zonasiga tushib qoladi va muvaffaqiyatli qo'nishdan so'ng yo'lovchilarni hayratlanarli kashfiyot kutmoqda... Ular bu hayotni allaqachon yashaganlar! Bu nima? Matritsadagi nosozlikmi? Parallel olamlarmi? Yoki undan ham aql bovar qilmaydigan narsami? "Anomaliya" - bu so'nggi sahifasigacha hayajonda ushlab turadigan jumboq.
🛒 Savatchaga solish
Yassiyurt

Yassiyurt

Edvin Abbot

66000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Yassiyurt

Yassiyurt

Muallif: Edvin Abbot

66000 so'm

Kitob haqida tavsif:

“Yassiyurt” romani ikki o‘lchovli olam – Yassiyurtda yashovchi chiziq, uchburchak, kvadrat va doira shaklidagi mavjudotlar jamiyati haqidagi falsafiy sатира bo‘lib, ijtimoiy tabakalanish (burchaklar soni bilan baholanish), ta’assub, rang qonuni va ruhoniylar tuzumi orqali jamiyatdagi cheklovlarni tanqid qiladi. Asarda oddiy Kvadrat uch o‘lchovli Fazoga tushib, yangi haqiqatni ko‘rib, o‘z olamiga qaytgach, bu haqiqatni targ‘ib qilgani uchun “telba”ga chiqarilishi tasvirlanadi. Kitob tafakkur chegaralari, ilm va ta’assub o‘rtasidagi ziddiyatni ramziy tarzda ochib beradi.
🛒 Savatchaga solish
×
Farangeyt bo'yicha 451 gradus

Farangeyt bo'yicha 451 gradus

Muallif: Rey Bredberi

59000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Roman yaqin kelajakdagi oʻta texnikalashgan va totalitar Amerika jamiyatini tasvirlaydi. Bu dunyoda odamlarning mustaqil fikrlashi, chuqur mulohaza yuritishi taqiqlangan, barcha kitoblar esa mutlaqo qonundan tashqari deb eʼlon qilingan.
🛒 Savatchaga solish
Binafsha shu'lasi

Binafsha shu'lasi

Usoma Muslim

99000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Binafsha shu'lasi

Binafsha shu'lasi

Muallif: Usoma Muslim

99000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Bu kitob qalb va ongni davolashga qaratilgan chuqur ma’naviy asar. Unda so‘zlarning qudrati, ijobiy fikrlash va ichki sokinlik orqali inson o‘z hayotini qanday o‘zgartirishi mumkinligi yoritiladi. Ruhiy tinchlik, umid va ichki kuch izlayotganlar uchun ayni muddao.
🛒 Savatchaga solish
Taxtlar o'yini

Taxtlar o'yini

Jorj Martin

189000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Taxtlar o'yini

Taxtlar o'yini

Muallif: Jorj Martin

189000 so'm

Kitob haqida tavsif:

E'tiboringizga havola etilayotgan «Taxtlar o'yini» asari - «Muz va olov qo'shig'i» romanlar turkumiga debocha ochadigan dastlabki qism hisoblanadi. «Taxtlar o'yini» 90 milliondan ortiq nusxada chop etilgan va dunyoning 49 tiliga tarjima qilingan. Asarning o'zbekcha tarjimasi esa bu tillarning elliginchisi bo'ldi. Tarjima bu borada O'rta Osiyo davlatlari orasida birinchi, turkiy tillar orasida esa ikkinchi til sifatida maydonga chiqdi. Dunyo bo'ylab «Taxtlar o'yini» asarining millionlab muxlislari bor. Asarning shuhrat topishida bir-biridan qiziqarli syujetlar liniyasi, takrorlanmas xarakter darajasiga ko'tarilgan obrazlar va epik asarlarga hos mukammallik muhim ahamiyat kasb etadi.
🛒 Savatchaga solish
Shum bola

Shum bola

G'afur G'ulom

23000 so'm
Savatchaga qo'shish
×
Shum bola

Shum bola

Muallif: G'afur G'ulom

23000 so'm

Kitob haqida tavsif:

Biz bugun sevib o‘qiyotgan kitoblarni yigirma-o‘ttiz yil o‘tib balki varaqlagimiz ham kelmas, ‎xohish topa olmasmiz. Lekin «Shum bola» qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik ‎sho‘xliklarini qo‘msab, sog‘inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz adibimiz G‘. G‘ulomning bu ‎qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi.‎ "Dandon sopli pichoq"dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi - Adolning "o‘g‘il ‎tug‘ib bergani"ga borib ulab "innankeyin"chi, o‘lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan ‎Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bolishni xohlasangiz kitob ‎mutolaasiga shoshiling.‎ Asar keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.‎
🛒 Savatchaga solish

Xarid Savatchangiz

🛒

Savatchangizda hozircha kitoblar yo'q.

Jami Hisob

Kitoblar summasi: 0 so'm
Yetkazib berish: 0 so'm
Umumiy qiymat: 0 so'm
Buyurtmani rasmiylashtirish
×

Yetkazib berish ma'lumotlari