Ikki eshik orasi
Muallif: O'tkir Hoshimov
39000 so'm
"Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi - to‘rt enlik", degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik ? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi - to‘rt enlik ekan . Eshitganingga emas,ko‘rganingga ishon... Maqsad - shu. Bu kitobdagi ko‘p odamlarni o‘zim ko‘rganman. Ko‘plari bilan gaplashganman. Baʼzilarining o‘zi bilan, baʼzilarining... ruhi bilan... Baʼzilari nimani gapirgan bo‘lsa, shuni qog‘ozga tushirdim. Baʼzilari nima gapirganini emas, nima o‘ylaganini yozishga majbur bo‘ldim. (Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolg‘on gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini o‘ylaydi.) Xullas, bu savdolar ko‘p yillar davomida ko‘p kishilarning boshidan kechgan. Ular ustidan hukm chiqarish - sizlarga havola... Tilimning uchida turgan yana bir andishani aytmasam bo‘lmaydi. Ehtimol, siz bu kitobda fojia ko‘payibroq ketmadimikan, degan xayolga borarsiz. Nachora, avvalo, hayot- nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa o‘yin emas. Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi. Shundan bir yarim millioni bizning o‘zbeklar edi. Eng aziz, eng asl kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchilarning joniga chang solib qolmadi. minglab chaqirim naridagi odamlarni ham sinovdan o‘tkazdi. Negaki, biz bir xonadon aʼzolarimiz. Mushkul damlarda imonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz, aka-opalarimizning hayoti bugungi zamonda bizga o‘rnak bo‘lsa ne ajab !
🛒 Savatchaga solish